BUYUK AJDODLAR BILAN FAXRLANIB

Buyuk allomalar merosini o‘rganish, asrash va boyitish — O‘zbekiston Respublikasi siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri. Buning yaqqol isboti Ibn Sino jamoat jamg‘armasining faoliyat yuritishidir. U nafaqat  mamlakatimiz, balki boshqa davlatlarda ham turli ilmiy-amaliy konferentsiyalar, seminarlar va davra suhbatlarini o‘tkazish tashabbuskori va tashkilotchisi bo‘lib kelmoqda.

Mustaqillikka erishgandan so‘ng mamlakatimiz tarixida yangi davr boshlandi. Uzbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti Islom Karimov bosh arxitektor singari qaytadan g‘isht terib hashamatli imorat — buyuk davlatni barpo eta boshladi. U oqil va uzoqni ko‘ra oladigan siyosatchi kabi ma’naviy yuksalish yo‘lini tanladi. Bu esa kelajakda mamlakat taraqqiyotiga va farovonligiga o‘z hissasin qo‘shishga qodir bo‘lgan barkamol avlod tarbiyalashda ishonchli asos hisoblanadi.  Bu dolzarb masalani yurtboshimiz nufuzli xalqaro minbarlarda turib ham ko‘targan. Jumladan ular ta’kidlab o‘tganlaridek, “O‘zining tarixiy, madaniy va intellektual merosini asrab-avaylashga, boyitish va ko‘paytirishga, shuningdek, unib-o‘sib kelayotgan yosh avlodni milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalashga yetarlicha e’tibor qaratmaydigan, har tomonlama uyg‘un rivojlangan, mustaqil fikrlaydigan, o‘z qarash va yondashuviga, grajdanlik pozitsiyasiga ega bo‘lgan shaxsni kamol toptirishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ymaydigan har qanday davlat va jamiyat tarix va taraqqiyot yo‘lidan chetda qolib ketishga mahkum ekanini biz o‘zimizga yaxshi tasavvur qilib kelganmiz va yaxshi tasavvur etamiz”. O‘zbekistonning g‘ururi bashariyat sivilizatsiyasi rivojiga beqiyos hissa qo‘shgan, zamonaviy ilm-fan maktablari shakllanishiga katta ta’sir ko‘rsatgan buyuk allomalaridir.

Ibn Sino jamg‘armasi 1999 yilda dunyo tibbiyotiga ulkan hissa qo‘shgan shifokor, olim va faylasuf Abu Ali ibn Sinoning bashariyatga qoldirgan boy merosini chuqur o‘rganish va keng targ‘ib etish, xususan uning ma’naviy-ma’rifiy merosi asosida vatandoshlarimizni, ayniqsa yoshlarni tarbiyalash, bu umumbashariy merosdan chet el fuqarolarini xabardor etish, insonparvarlik xayriya ishlarini amalga oshirish va sog‘liqni saqlash tizimi islohotida faol ishtirok etish maqsadida tashkil topgan.

Jamg‘armaning asosiy vazifalari: sog‘liqni saqlash tizimidagi islohotlarni tezlashtirishga ko‘maklashish;  sog‘liqni saqlash tizimini tuzilish jihatidan qayta qurishda, tibbiy-ijtimoiy xayriya tashkilotlarini, nuroniylar uchun gerontologiya (geriatriya) markazlarini ochish va Ibn Sino ta’limoti hamda zamonaviy tibbiyot ilmu fani asosida Sharq tabobatini (xalq tabobatini) rivojlantirib borish; Abu Ali ibn Sinoning ijodiy merosini chuqur o‘rganish ishlarini tashkil etish, maktablar va oliy o‘quv yurtlari uchun o‘quv dasturlarini ishlab chiqishda ishtirok etish, buyuk olim asarlarini tartibga solish va ularni nashr etishga ko‘maklashish, Ibn Sino kutubxonasini ochish; buyuk olim asarlari asosida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, kitoblar, risolalar, jurnal nashr etish, televideniye va radioda doimiy ishlab turadigan dasturlar ochish, Ibn Sino muzeyini barpo etish; Ibn Sinoning tibbiy va ilmiy-amaliy merosiga oid tadqiqotlar olib borishga, uning fandagi maktablarini o‘rganishga ko‘maklashish, xususan olimlarning bu boradagi ilmiy faoliyatini rag‘batlantirish va muvofiqlashtirish; tibbiyot va dorishunoslik sohasidagi eng yaxshi ishlar uchun Ibn Sino nomidagi mukofot ta’sis etish va iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash; chet el olimlari bilan aloqalar o‘rnatish, Ibn Sinoning ilmiy merosiga bag‘ishlangan xalqaro simpoziumlar, konferentsiyalar, kongresslar o‘tkazish; mamlakatning barcha viloyatlarida va xorijiy o‘lkalarda Jamg‘arma bo‘linmalarini tashkil etish, buyuk vatandoshimiz tavallud topgan tuproq — Buxoro shahrida har yili Ibn Sino xalqaro o‘qishlarini o‘tkazib turish.         

Jamg‘armani buyuk alloma nomi bilan atash — bu biz, hozirgi davr farzandalari,ular uchun qila oladigan kichik bir ish. Ibn Sino olib borgan mashaqqatli va murakkab faoliyatini tasavvur qilish, inchunin anglash qiyin. Buning natijasida u 450 dan ortiq traktat yaratdi. Asarlarining aksariyat qismi tibbiyot va falsafaga tegishli bo‘lgani bilan, mantiq, fizika, kimyo, matematika, koinot, hamda musiqa, adabiyot va tilshunoslik sohasidagi xizmatlarini e’tirof etmay bo‘lmaydi.  U ilm uchun yashagan fenomenal shaxs bo‘lgan. Olimlar, mutaxassislar zamonaviy tibbiyot anjomlar va uskunalardan foydalanib ochayotgan kashfiyotlar Ibn Sino tomonidan bir necha yuz yil oldin o‘rganilgan edi. Mushaklar qisqarishi haqida aynan uning nazariyasi angliyalik olim Andru Filling Xakslining ilmiy izlanishlari asosida yotadi. Vaholangki, u bu uchun 1963 yilda fiziologiya va tibbiyot bo‘yicha Nobel mukofotiga sazovor bo‘lgan. Tibbiyot fanlari doktori, professor Jumanazar Beknazarovning tibbiyotning otasi Gippokrat emas, Ibn Sino bo‘lib tan olinishi kerakligi haqidagi so‘zlariga to‘liq qo‘shilaman. Jumladan, “Tib qonunlari” bu sohadagi zamonaviy mutaxassislar uchun dasturilamal bo‘lib xizmat qilmoqda. Unda tibbiyotning nazariy asoslari keltiriladi — muallifning tibbiyot falsafasiga bo‘lgan qarashlari, inson anatomiyasining asoslari, kasalliklar sabablar, alamatlari, tug‘ri ovqatalanish ta’limoti o‘rganiladi. Ibn Sino kasalliklar qo‘zg‘atuvchi suv va havo orqali yuqadigan ko‘rinmas zarrachalar haqidagi gipotezani ilgari surdi. Bunday qarorga X asrda kelish uchun o‘rganilayotgan predmetni sinchkovlik bilan o‘rganish zarur bo‘lgan. Keyinchalik Xorazmda Ma’mun akademiyasini boshqargan Abu Rayhon Beruni bilan hamkorlikni mustahkamlanishi ikki buyuk zotni yagona maqsad sari, ya’ni ilm-fan va Vatan ravnaqi yo‘lida birlashigiga turtki bo‘ldi.

 Ko‘rib turganimizdek, Abu Ali Xusayn ibn Abdulloh ibn al-Xasan ibn Ali ibn Sinoning dunyo sivilizatsiyasi xazinasiga ko‘shgan hissasi benihoyat katta. Bir kun kelib yoshlarimiz yirik olim ochgan kashfiyotlarga uning nomi berilishiga erishishlarini xohlardim. Axir qanchadan-qancha kashfiyotlar mualliflar nomi bilan ataladi. O‘quv dargohlardagi turli ma’naviy-ma’rifiy, ilmiy-ommabop tadbirlar davomida o‘sib kelayotgan avlodni milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash, tarixiy hotirani e’zozlash, o‘z yurtidan, tomirlarida qoni oqayotgan ajdodlardan fahrlanib yashashga o‘rgatishga yo‘naltirilgan ishlar olib bormoqdamiz. Jamg‘arma faoliyatida bu birlamchi masala.

Ulardan eng yiriklariga to‘xtalib o‘taman. 2011 yil ayniqsa ikkita muhim voqea bilan esda qoldi. Birinchisi, Abu Ali ibn Sino hayoti va ijodiga bag‘ishlangan “Ibn Sino mening tasavvurimda” mavzusidagi yoshlar badiiy ko‘rgazmasi. Tadbir O‘zbekistaondagi Frantsiya elchixonasi va O‘zbekiston badiiy akademiyasi bilan birgalikda o‘tkazilgan edi. Va ikkinchisi, Buxoroda o‘tkazilgan VI Ibn Sino o‘qishlari. Uning doirasida “Ibn Sino ta’limoti va zamonaviy tibbiyot” mavzusida xalqaro ilmiy tibbiy konferentsiya bo‘lib o‘tdi. Sog‘liqni saqlash vazirligi, O‘zbekiston xalq tabobati akademiyasi va Eron elchixonasi ishtirok etgan tadbir keng omma va mutaxassislar e’tiboriga sazovor bo‘ldi. Ushbu davr ilm-faniga xos bo‘lgan turli aspektlarga oid ahamiyatli ma’lumotlar va hulosalar 2012 yilda o‘tkazilgan “Xorazmdagi Ma’mun akademiyasi va Ibn Sino” mavzusidagi ilmiy-amaliy seminar davomida olindi. Ko‘p qiziqarli ma’lumotlar Fanlar akademiyasi olimlari tomonidan taqdim qilindi. Shu yilning o‘zida onkologiya bo‘yicha frantsuz-o‘zbek simpozium bo‘lib o‘tdi. 2013 yil ham ilmiyg‘amaliy konferentsiyalarsiz o‘tmadi. Bu safar mavzu qo‘yidagicha belgilandi: “Buyuk olimlar falsafasi, Xorazmdagi Ma’mun akademiyasi va zamonaviy gerontologiya. Shu yilning noyabr oyida an’anaviy VII Ibn Sino o‘qishlari o‘tkazildi, unda 160 ga yaqin vatandosh olimlarimiz, shuningdek Turtsiya, Isroil, Ukraina, Rossiya, Indoneziya, Koreya va Erondan mutaxassislar ishtirok etdi. 

Oktyabr oyida jamg‘arma Toshkent tibbiyot akademiyasi bilan hamkorlikda Turkiston kontsert zalida “Biz Ibn Sino avlodlarimiz” mavzuida tadbir o‘tkazdi. Tadbir jarayonida tomoshabinlar ajdodimiz hayotidan qiziqarli tafsilotlar, uning ilmiy faoliyatiga doir e’tiborga loyiq faktlar bilan tanishdi. Shuningdek birinchi bosqich talabalari “Talabalikka bag‘ishlov”ni keltirishdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Chet tillarni o‘rganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” Qaroriga muvofiq jamg‘arma tibbiyot muassasalarining virtual kutubxonasi uchun   ingliz tilida kasalliklar xaritasini zamonaviy eletron nus'hasini ishlab chiqardi. Joriy yilda mamlakatning ilmiy-madaniy nufuzini ko‘tarish maqsadida Ibn Sino g‘oya va merosini targ‘ib qilish orqali Afshonadagi  (olimning tug‘ilgan joyi) Ibn Sino muzeyini takomillashtirish va yangilash bo‘yicha loyiha va materiallar tayyorlandi. Sog‘lom bola yiliga “Xorzmdagi Ma’mun akademiyasi va Ibn Sino avlodlari” mavzusida ilmiy-amaliy seminar bag‘ishlandi. Shuningdek shu yilda Muqimiy nomidagi o‘zbek davlat musiqiy teatrda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Toshkent shahar o‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi boshqarmasi hamkorligida “Sog‘lom avlod — sog‘lom kelajak” tadbirlar majmuasi tashkil etildi. Mavzuga doir ko‘rgazma, mamlakatimiz professor-o‘qituvchilarning, jumladan O‘zbekistonda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti vakolatxonasi rahbari Asmus Xemmerix ilmiy ma’ruzalari va sahna ko‘rinishidan ko‘zlangan maqsad — yoshlar orasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish bo‘ldi. Samarqandda bo‘lib o‘tgan xalqaro konferentsiyaga to‘xtalib o‘tish ham joiz. Chunki u tajriba almshinish, O‘rta asr Sharqini jahon sivilizatsiyasi rivojiga bo‘lgan ta’sirini o‘rganish uchun o‘ziga xos maydonga aylandi.

2015 yil 20 - 21 noyabr  kunlari “Ibn Sino ilmiy merosi va zamonaviy tibbiyotning dolzarb muammolari” mavzusida  VIII Halqaro Ibn Sino o‘qishlari ilmiy amaliy anjuman bo‘lib o‘tdi. Anjuman Ibn Sino jamoat fondi,  YuNESKO ishlari bo‘yicha O‘zbekiston Milliy Komissiyasi hamkorligida xamda O‘zbekiston  Respublikasi  sog‘liqni  saqlash  vazirligi,  Buxoro davlat tibbiyot instituti   ko‘magida o‘tkazilqdi.

Anjumanning asosiy yo‘nalishlari: Ibn Sino etikasi, Ibn Sino ta’limotining sog‘lom turmush tarzini shakllantirishdagi o‘rni, Zamonaviy tibbiyotning dolzarb muammolari, Xalq tabobati rivojlanishida Ibn Sino merosining ahamiyati, Ibn Sino merosining zamonaviy farmatsiyada tutgan o‘rni, Kasalliklarni oldini olish, tashxislash va davolashda Ibn Sino ta’limoti .

Anjumanni asosiy maqsadi - Ibn Sino ilmiy merosi asosida tibbiyot fanining yutuqlari o‘rganish va kelajakda ushbu ilmiy merosning tibbiyotning dolzarb muammolarini xal etishda keng tadbiq etish vazifalari belgilangan edi.

Hozirgi vaqtda IX Ibn Sino o‘qishlariga tayyorgarlik ko‘rmoqdamiz. Sharq xitoy tabobati markazi bilan imzolangan memorandum Ibn Sino jamoat fondini vakolatxonasini Isroilda ochish imkonini beradi. Bundan tashqari, Yevropa tibbiyot uyushmasi (Germaniya) va Rokland shifoxonasi (Hindiston) bilan hamkorlik haqidagi memorandumga imzo qo‘yilishi ustida ishlamoqdamiz, hamda bilan ishchi aloqalarni rivojlantirishni ko‘zlamoqdamiz.

Ko‘rib turganigizdek,amalga oshirilishi kerak bo‘lgan ish anchagina. Lekin ularni ruyobga chiqarish bizning qo‘limizdan keladi, chunki barcha tashabbuslarimiz va dadil qarorlarimiz davlat tomonidan ko‘llab-quvvatalanayotganini his qilmoqdamiz.