Ibn Sino jamoat fondi, Uzbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi, Buxoro viloyat xokimiyati, Buxoro Davlat tibbiyot instituti va O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan xamkorlikda 2017 yil 24-25 noyabr kunlari Buxoro shaxrida o‘tkaziladigan “Ibn Sinoning ilmiy-madaniy merosining axamiyati va uni fan tarakkiyotidagi urni» mavzusidagi IX Ibn Sino o‘qishlari” - xalkaro ilmiy - amaliy anjumanini o‘tkazishni rejalashtirgan. Anjumanda Respublikamiz va xorijiy mutaxassis va olimlar ishtirok etadilar. 

Anjumanning asosiy ilmiy yo‘nalishlari:

  1. Ibn Sino ilmiy merosini tibbiyot rivojidagi urni;
  2. Ibn Sinoning ilmiy ishlarinining  xalk  tabobati rivojidagi urni va axamiyati;
  3. Ibn Sinoning ilmiy merosinining farmatsiya rivojidagi urni va moxiyati;
  4. Ibn Sinoning soglom turmush tarzini shakllanishda xissasi;
  5. Ibn Sinoning anik fanlarning rivojidagi xissasi;
  6. Ibn Sinoning tabbiy fanlarning rivojidagi xissasi;
  7. Ibn Sinoning ijtimoiy-gumanitar fanlarning rivojidagi xissasi;
  8. Ibn Sino merosidagi ma’rifat va manaviyat tamoillari;  
  9. Ibn Sino merosida musikashunoslik va sheriyat.  

Anjuman materiallari ilmiy to‘plamda nashr etiladi.

Anjumanda ishtirok etish tartibi.

1. Tezis va makola chop etilishi.
2. Tezis chop etilishi   ma’ro‘za.

Tezislar va makolalar mavzusi albatta Abu Ali Ibn Sino ta’limotiga uzviy bog‘liq bo‘lishi va shu asosda xususiy ilmiy-amaliy tadqiqotga ega bo‘lishi shart.
Muallif faqat 2 tezis yeki  makola bilan ishtirok etishi mumkin.

Ilmiy to‘plamda nashr etilgan tezislar va anjuman dasturi bilan Ibn Sino jamoat fondi saytida www.ibn-sino.uz 10 oktyabr kunidan boshlab tanishishingiz mumkin.

Tezislar va makolalrga talablar:

1. Tezis xajmi - 1 bet, makola xajmi - 4-5 bet, A4 formatda, Times New Roman 14 o‘lchamli shriftda, chap tomondan 3sm., o‘ng tomondan 1,5sm. , yuqori va pasti 2 sm, matnda qatorlararo 1,0 intervaldan foydalanilgan xolda.

2. Tezis va makola nomi bosh xarflar bilan o‘rtaga yoziladi. Navbatdagi qatorga muallif to‘liq familiyasi va ism-sharifi bosh xarfi yoziladi. Navbatdagi qatorda davlat, shaxar, viloyat va tashkilot nomi to‘liq yoziladi. Ma’ro‘zachi familiyasi ostida chiziq bilan belgilanadi.Tezis va makola matnidan so‘ng mualliflar (ish joyi, lavozimi, ilmiy darajasi) xaqida ma’lumot va manzili (telefon raqami, e-mail) ko‘rsatilishi shart.

3. Tezis va makolalar yoki o‘zbek, yoki rus, yoki ingliz tilida bo‘lishi mumkin.
Tezis va makolalarni qabul etish muddati:

10 oktyabr 2017 yil soat 16:00 ga qadar tezislar quyidagi elektron manzilda qabul qilinadi: avicenna.abstracts@yandex.ru

Tashkiliy masalalar bo‘yicha murojaat etishingiz mumkin:

Ibn Sino jamoat fondi, 100007, Toshkent shaxri, Parkent ko‘chasi 51a, tel/faks: (99871) 2680897, (99893) 5574801, e-mail: ibnsino2013@yandex.comwww.ibn-sino.uz


25.08.2017     2959